
“Sen bilan o‘tgan kuz” — yomg‘irli kuz kunida boshlangan, asta-sekin rivojlanadigan sevgi va sirlar haqidagi hikoya. 17 yoshli Ayla yangi maktabga kelib, sirli va kamgap Daniel bilan tanishadi. Oddiy tasodifdek ko‘ringan uchrashuvlar ortida Danielning oilasi va o‘tmishiga bog‘liq sirlar yashiringan. Ayla Danielni tushunishga harakat qilgani sari, uning hayotidagi xavfli voqealarga ham yaqinlashib boradi. Ammo bu hikoyada faqat sirlar emas, birinchi sevgi, ishonch, qo‘rquv va bir-birini yolg‘iz qoldirmaslik ham bor. Ba’zi uchrashuvlar tasodifdek boshlanadi, ammo butun hayotingni o‘zgartirib yuboradi.

U mehrsiz ulg‘aydi. Hayot unga hech kimga ishonmaslikni o‘rgatdi. Ammo taqdir uning yo‘liga sovuqqon, sirli bir erkakni chiqardi. Biri mehrga tashna, biri esa sevgini unutgan edi… Ular bir-birining yarasiga aylanishini hali bilishmasdi.

Malika — musulmon, kitob o‘qishni va yozishni yaxshi ko‘radigan qiz. Jinwoo — mashhur idol, sahnadagi hayoti bilan oddiy hayoti o‘rtasida qiynaladigan yigit. Ular tasodifan uchrashib qolishadi. Malika unga o‘z qadriyatlari va hayotga boshqacha qarashni ko‘rsatadi. Jinwoo esa Malikaga qo‘rqmasdan orzu qilish va o‘z iste’dodiga ishonishni o‘rgatadi

Orzular yõlida uchragan tasodif sevgi

Lioraning aytilmagan sevgi hikoyasi.