Uning hayoti allaqachon yetarlicha og‘ir edi... Koreyadagi oddiy bir o‘smir qiz — oilasidagi kelishmovchiliklar, maktabdagi muammolar va ichidagi yolg‘izlik bilan kurashardi. U hayotdagi quvonchni deyarli unutib bo‘lgandi. Ammo bir inson uning hayotiga kirib kelgach, hammasi o‘zgardi. U yana kulishni, orzu qilishni va baxtli bo‘lishni o‘rgandi. Uning sevgisi hayotidagi eng go‘zal narsaga aylandi. Qiz o‘tmishdagi barcha og‘riqlarini unutib, kelajakka umid bilan qaray boshladi. Ammo taqdirning ular uchun boshqa rejasi bor edi... Kutilmaganda yuz bergan voqea ularning baxtini parchalab yubordi. Endi qiz oldida bitta savol bor edi: Ba’zi insonlar hayotingizga sizni baxtli qilish uchun keladimi yoki sizga eng og‘ir saboqni berish uchunmi?
Qisqacha sevgi xaqida

Sevganimiz bizni ham sevarmikin

O‘rta asrlar. Qirolliklar o‘rtasidagi kurash. Taxt uchun kechayotgan qonli janglar. Bir qirollik yutqazildi. Ammo uning vorisi taslim bo‘lmadi. Yo‘qotilgan saltanatni qaytarish uchun boshlangan xavfli safar uni xiyonat, fitna, sir va janglar girdobiga olib kiradi. Ammo u bu yo‘lda faqat dushmanlarini emas, o‘z yuragining eng katta sirini ham uchratadi. ━━━━━━━━━━ ⟡ ━━━━━━━━━━ 𝑹𝒐𝒎𝒂𝒏𝒕𝒊𝒌𝒂 | 𝑻𝒓𝒊𝒍𝒍𝒆𝒓 𝑱𝒂𝒏𝒈𝒂𝒓𝒊 | 𝑫𝒆𝒕𝒆𝒌𝒕𝒊𝒗 ━━━━━━━━━━ ⟡ ━━━━━━━━━━

Lauraning bolaligidanoq sehrli va sehr-jozuga boy fantastik kitoblarga bo'lgan ishtiyoqi bo'lakcha edi. Aslida uning ismi Gulim edi — buning sababi ni esa keyinchalik bilib olasiz Kutilmaganda u o'zi jon-dildan sevgan ushbu fantastik olamlar va sehrli dunyoning bir qismi ekani yane bu olamga tegishli ekani kashf qiladi. Bu kashfiyot uning qalbini cheksiz quvonchga to'ldiradi. Biroq, bu go'zal va baxtli tuyg'ular ortida qanday og'ir sinovlar, sirli jumboqlar hamda yashirin xavf-xatarlar poylab turganini u hali xayoliga ham keltirmas edi. Haqiqiy sarguzashtlar va kutilmagan qiyinchiliklar esa u o'z olamiga qaytganidan so'ng boshlanadi...

“Aynur” — orzulari bilan taqdir o‘rtasida qolgan bir qizning hikoyasi. Aynur yoshligidan boshqalardan farqli orzular bilan ulg‘ayadi: dunyoni kezish, tillar o‘rganish, katta shaharda o‘qish va o‘z hayotini o‘zi qurish. Ammo u yashayotgan muhitda qizning taqdiri ko‘pincha uning o‘z qo‘liga berilmaydi. Uning hayotida Dilmurod bor — bolalikdan beri yonida bo‘lgan, uning orzulariga ishongan inson. Ammo ularning yo‘liga sevgi bilan birga og‘ir sinovlar ham chiqadi. Aynur o‘z orzularidan ayrilgandek bo‘ladi. Keyin esa hayot uni yana bir bor tanlov qarshisida qoldiradi: taqdirga taslim bo‘lishmi yoki o‘z hayoti uchun kurashishmi? Bu — sevgi haqidagi oddiy hikoya emas. Bu orzulari sindirilgan inson qanday qilib yana o‘zini topishi, sevgi esa ba'zan insonga yashash uchun kuch berishi haqidagi hikoya.

Emma Miller hayotida hammasi joyida deb o‘ylardi. Sevgan insoni, ish joyi va ishongan eng yaqin dugonasi bor edi. Ammo bir kuni u tasodifan ko‘rmasligi kerak bo‘lgan narsani ko‘rib qoldi. Bu voqea uning butun hayotini o‘zgartirdi. Ammo taqdir unga ikkinchi imkoniyat bersa-chi? Bu safar Emma o‘sha xatolarni takrorlamaydi. Chunki ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun ikkinchi imkoniyat yetarli bo‘ladi.

Bu aslida katta asardan parcha. Bu asar olov yaratuvchi qiz va siren yigit haqida

Bir sevgi hikoyasi deya olmayman...

UNUTILGAN BEGONA Ba’zi insonlar hayotingizga kirib keladi-yu, siz ularni hech qachon unutolmaysiz. Ammo u haqida hamma unutishi mumkin bo‘lsa-chi? U — odamlarning xotirasidan o‘zini o‘chira oladigan qiz. Uning uchun hech kimga bog‘lanmaslik — yashab qolishning eng xavfsiz yo‘li. Chunki kimdir uni qanchalik yaxshi tanisa, undan ayrilish shunchalik og‘riqli bo‘ladi. Shuning uchun u hech kimga o‘zini eslab qolishiga imkon bermaydi. Toki bir kuni u uni uchratmaguncha. Avvaliga ular bir-birini yoqtirishmaydi. Har uchrashuvlari tortishuv, jahllanish va tushunmovchilik bilan boshlanadi. Qiz esa bu begona yigitdan ham xuddi boshqalardek qutulaman, deb o‘ylaydi. Lekin birinchi marta uning qobiliyati ishlamaydi. Yigit uni unutmaydi. Nega? Bu shunchaki xatomi yoki ularning uchrashuvi oldindan yozilgan taqdirmi? Ba’zan insonni xotiradan o‘chirish mumkin… Ammo taqdirdan-chi?

Sevgi aldovlar hurmat qilinmagan mahabat