
Ushbu falsafiy asar javonlarda chang bosib yotgan, ma’naviy asirlikka mahkum etilgan kitoblar dunyosiga mutlaqo yangicha nigoh bilan boqadi. "Nega kitob o‘qishimiz kerak?", "Kitoblar bizga nima beradi?" va "Aslida biz kim-u, kitoblar kim?" degan fundamental savollarga javob izlaydi.Kitobda zakovatga erishish yo‘llari, yosh xususiyatlariga ko‘ra to‘g‘ri kitob tanlash sirlari va eng muhimi — kitoblarni asrash madaniyati falsafiy mushohadalar hamda hayotiy o‘xshatishlar orqali ochib berilgan. Bu shunchaki qo‘llanma emas, balki qalbni uyg‘otadigan, kitobxonni o‘z o‘tmishi va kelajagi haqida chuqur o‘yga toldiradigan ma’naviy suhbatdir. Agar siz ham kitoblar shunchaki qog‘oz emas, balki bizni saylaydigan tirik kuch ekanligiga ishonsangiz, ushbu asar aynan siz uchun.

Lauraning bolaligidanoq sehrli va sehr-jozuga boy fantastik kitoblarga bo'lgan ishtiyoqi bo'lakcha edi. Aslida uning ismi Gulim edi — buning sababi ni esa keyinchalik bilib olasiz Kutilmaganda u o'zi jon-dildan sevgan ushbu fantastik olamlar va sehrli dunyoning bir qismi ekani yane bu olamga tegishli ekani kashf qiladi. Bu kashfiyot uning qalbini cheksiz quvonchga to'ldiradi. Biroq, bu go'zal va baxtli tuyg'ular ortida qanday og'ir sinovlar, sirli jumboqlar hamda yashirin xavf-xatarlar poylab turganini u hali xayoliga ham keltirmas edi. Haqiqiy sarguzashtlar va kutilmagan qiyinchiliklar esa u o'z olamiga qaytganidan so'ng boshlanadi...

Bosh qahramon qizning zerikarli va tashvishli hayotidan moʻjizaviy shaharlarga ukasini izlab tasodifan borib qolishi, sirli shahardagi voqealar haqida.